Tarkibi:
Erituvchilar qo'shilgan glioftal lakidagi pigmentlar va to'ldiruvchilar suspenziyasi
Rangi:
och kulrang, qizil-jigarrang
Sarf*:
12-20 m²/l
* Material sarfi asosning tayyorlanish sifati va surtish usuliga bog'liq.
«Bergauf» alkidli grunti atmosfera sharoitida va bino ichida ishlatiladigan metall, yog'och yuzalarni turli emallar bilan qoplashdan oldin gruntlash uchun mo'ljallangan.
Ruxsat etilgan ranglar palitrasida chiqariladi: och kulrang, qizil-jigarrang
Ishlatishdan oldin gruntni yaxshilab aralashtiring va zarurat bo'lganda uayt-spirit bilan ishchi qovushqoqlikkacha suyultiring. Grunt pnevmatik purkagich, mo'yqalam, valik yordamida, botirish yoki oqizish usuli bilan surtiladi. Bo'yaladigan yuza oldindan kir, zang va ko'chayotgan eski bo'yoqlardan tozalanadi, yog'sizlantiriladi va quritiladi.
Qurish vaqti:
To'liq qurish 24 soatdan keyin (havo harorati 20±2°C va havoning nisbiy namligi 50% bo'lganda).
Saqlash
Original zich yopilgan qadoqda, salqin va bolalar qo'li yetmaydigan joyda saqlansin. Kafolatlangan saqlash muddati 24 oy.
Utilizatsiya qilish
Kanalizatsiyaga, suv havzalariga yoki yerga to'kilmasin. Bankadagi grunt qoldiqlari to'liq quriganidan so'ng, u zich yopilgan idishda maishiy yoki qurilish chiqindisi sifatida utilizatsiya qilinishi mumkin.