Vazifasi va qo'llanilish sohasiBiohimoya – yog'ochni chirish, mog'or, ko'karish, yog'ochxo'r hasharotlardan atmosfera yog'ingarchiliklari, tuproq namligi, gigroskopik va kondensatsiyali namlanish, tuproq bilan aloqa qilish sharoitlarida himoya qilish vositasi bo'lib, u mustaqil ravishda ham, bo'yoq-laka materiallari ostidan biohimoya astar bo'yog'i sifatida ham qo'llaniladi. Qiyin yuviladigan antiseptik – yog'och bilan kimyoviy bog'lanadi. Yog'ochga yaxshi kirib boradi, uning gigroskopikligini oshirmaydi. Yog'ochning mustahkamligini, yopishqoqligini va bo'yalish xususiyatini yomonlashtirmaydi. Qora metallarga nisbatan past korroziy agressivlikka ega.
Yangi va ilgari antiseptik bilan ishlov berilgan yog'och karkaslar va ramkalar, lagalar, fermalar, devorlar va ularning qoplamalari, pollar, to'siqlar, panjaralar, shuningdek, turar-joy, jamoat, ishlab chiqarish va qishloq xo'jaligi maqsadlaridagi boshqa aralangan, randalangan, chopilgan konstruksiya elementlariga surtish uchun mo'ljallangan.
Himoya:- Chirishdan
- Mog'ordan
- Ko‘karishdan
- Yog‘ochxo‘r hasharotlardan