Tarkibi:
Bifunksional sopolimerlarning suvli gibrid dispersiyasi, mineral to'ldiruvchilar, innovatsion qo'shimchalar
Rangi:
Oq**
Zichlik:
1,8−1,9 kg/l
Fraksiya:
2 mm
1 m2 ga sarf:
3,4−3,6 kg*
Surtish qalinligi:
2 mm
3-darajagacha quritish vaqti:
5 soatdan ko'p emas***
Atmosfera yog'inlariga chidamliligi:
24 soatdan keyin
Keyingi ishlar:
3 sutkadan keyin
Yaroqlilik muddati:
24 oy
* Material sarfi asosning tayyorlanish sifati, surtish usuli, foydalaniladigan asbob, ish bajaruvchilarning malakasiga bog'liq va ko'rsatilgan qiymatlardan farq qilishi mumkin.
**Asosiy rangdan farq qiluvchi ba'zi zarralar bo'lishiga yo'l qo'yiladi, bu mahsulotning texnik xususiyatlariga ta'sir qilmaydi. Bu tarkibda tabiiy kelib chiqishga ega to'ldiruvchilar mavjudligi bilan izohlanadi.
*** Bayon etilgan sifat ko‘rsatkichlari va tavsiyalar atrof-muhit harorati +20°S va havoning nisbiy namligi 60% bo‘lganda to‘g‘ri hisoblanadi. Boshqa sharoitlarda quritish va tuzatish vaqti ko‘rsatilganidan farq qilishi mumkin.
Vazifasi va xususiyatlari
Eng zamonaviy yechimlar asosidagi yuqori sifatli, tayyor suvoq mineral paxta va penopolistirol asosidagi fasadlarni issiqlik izolyatsiyalash tizimlarida qo‘llash uchun, shuningdek, A, B, V turdagi bino va inshootlarning quruq va nam xonalari ichki qismini pardozlash uchun mo‘ljallangan.
Innovatsion tarkib yuqori mustahkamlikka, o'z-o'zini tozalash effektiga hamda yuqori bug' o'tkazuvchanlik va past suv yutilishining eng yaxshi nisbatiga ega qoplamani hosil qiladi. Armaturalovchi mikrotolalar qoplamaga qo'shimcha mustahkamlik, elastiklik va cho'kishga chidamlilik beradi.
Texnik xususiyatlari
Materialning gibrid tabiati ham asos bilan, ham qoplamaning ichida mustahkam bog‘lanishlar hosil bo‘lishini va a’lo darajadagi adgeziyani ta’minlaydi, vertikal bog‘lanishlar esa bug‘ni chiqarish uchun mikrotunnellar hosil bo‘lishiga yordam beradi. Qoplama mog‘or va zamburug‘lar hosil bo‘lishiga chidamli. Pastel va to‘yingan ranglarga kolerovka qilinadi.
Plastik, ishlov berish uchun qulay konsistensiya suvoqni yuzaga oson va tez surtish hamda istalgan fakturani shakllantirish imkonini beradi.
Kolirovka
Dekorativ suvoq baza ko‘rinishida ishlab chiqariladi va kompyuter (mashina) usulida RAL, NCS va boshqa ranglar kataloglari bo‘yicha kolerovka qilinishi mumkin. Yuqori yorug‘lik va atmosfera chidamliligiga ega bo‘lgan suv asosidagi kolerovka pastalari yordamida qo‘lda kolerovka qilish mumkin. Kolerovka natijasi uchun javobgarlikni kolerovkani amalga oshiruvchi tashkilot o‘z zimmasiga oladi.
Rang uzatish xususiyatlari
Surish sharoitlariga, shuningdek, bo‘yalayotgan sirtning fakturasiga qarab, ranglarning haqiqiy tuslari ranglar katalogida taqdim etilganidan biroz farq qilishi mumkin.
Qo‘llashdan oldin sinov tariqasida surib ko‘rish va qurigandan so‘ng qoplamaning rangga muvofiqligini tekshirish lozim.
Soyadagi farqlarning oldini olish uchun bitta vizual tekislikda bir xil ishlab chiqarish partiyasidagi mahsulotdan foydalanish (partiya raqami har bir paketda ko'rsatiladi) yoki turli partiyalardagi materiallarni oldindan 1:1 nisbatda aralashtirish tavsiya etiladi, qo'llash texnologiyasi o'zgarishsiz qolishi kerak.
Rang bo'yicha tavsiyalar
BERGAUF FACADE GRUNT gruntovkasini ishlatiladigan suvoq rangiga yaqin rangda qo'llash tavsiya etiladi.
Fasadlarda qaytarish koeffitsienti 25% dan kam bo'lgan intensiv yoki to'q rangli materiallardan foydalanish fasadning 10% dan ko'p bo'lmagan kichik yuzalari, masalan, alohida me'moriy detallar bilan cheklanishi kerak.
Surish texnologiyasi
Ishlar SP 293.1325800.2017 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Surtishdan oldin suvoqni yaxshilab aralashtirish kerak, chunki saqlash vaqtida mahsulot qatlamlarga ajralishi mumkin. Suvoqni material vaznining 5% idan ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan suyultirishga yo'l qo'yiladi.
Suvoqni zanglamaydigan po'latdan yasalgan tyo'rka yordamida sirtga 60° burchak ostida surting, qatlam qalinligi suvoq donasining o'lchamiga mos kelishi kerak. Bir oz vaqt o'tgach, aralashma asbobga yopishishni to'xtatganda, plastik tyo'rka bilan faktura berishni boshlash mumkin. Plastik tyo'rkani sirtga parallel ravishda ushlab turish va bosimsiz, yengil harakatlar bilan faktura hosil qilish kerak.
«Toshli» (kameshkovaya) faktura tyorkaning bir tomonga, odatda soat miliga teskari yo‘naltirilgan kichik doirasimon harakatlari bilan shakllantiriladi.
Ishlarni bajarish xususiyatlari
Ishni to'xtatish zarurati tug'ilganda, suvoq qatlami chegarasi bo'ylab bo'yoq lentasi yopishtiriladi, uni suvoq qotishidan oldin olib tashlash kerak. Bir xil faktura olish uchun har bir havoza (lesa) darajasida yetarli miqdordagi ishchilarni ta'minlash va qo'shni darajalar orasidagi ulanishlarni «ho'lni ho'lga» usuli bilan bajarish lozim.
Atrof-muhit harorati +20°C dan past va havoning nisbiy namligi 60% dan yuqori bo'lganda, dekorativ suvoqni surtilgandan keyingi dastlabki 3 kun davomida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari, shamol va yomg'irdan himoya qilish kerak. Bunday sharoitda qurilish havozalarini maxsus to'r yoki plyonka bilan yopish, binoga suv qaytargichlarni o'rnatish tavsiya etiladi. Muzlab qolishiga va qurib ketishiga yo'l qo'yilmasin.
Ichki pardozlash ishlarini faqat yaxshi shamollatiladigan xonalarda bajarish kerak, ish tugagandan so‘ng esa qoplama to‘liq quriguncha havo aylanishini ta’minlash lozim.
Keyingi ishlar
Dekorativ suvoq yuzasini akril, silikon yoki silikat bo‘yoqlar bilan bo‘yash mumkin. Bo‘yash ishlari atrof-muhit sharoitiga qarab, kamida 3−5 kundan keyin amalga oshiriladi.
Ishdan so‘ng darhol asboblarni suv bilan tozalang. Agar asboblar darhol tozalanmasa, keyinchalik ularni faqat mexanik ravishda tozalash mumkin.
Cheklovlar
Yog‘ingarchilik, tuman vaqtida, shuningdek, yomg‘irdan keyingi nam yuzalarda hamda harorat +5 °C dan past va +30 °C dan yuqori bo‘lganda ishlash taqiqlanadi.
Saqlash va tashish shartlari
Zich yopilgan idishda kamida +5 °C va +30 °C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin va tashilsin. -20 °C dan past bo‘lmagan haroratda umumiy davomiyligi 3 haftadan ko‘p bo‘lmagan besh marta muzlatishga ruxsat beriladi.
Mahsulot solingan chelakni haddan tashqari qizib ketishdan himoya qilish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri ostida saqlashdan saqlanish kerak. Shartlarga rioya qilinganda, yopiq zavod qadog‘ida kafolatlangan saqlash muddati ishlab chiqarilgan kundan boshlab 24 oyni tashkil qiladi.
Xavfsizlik
Mahsulot yong'in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez alangalanuvchi komponentlar mavjud emas.