Surish texnologiyasiIshlar SP 293.1325800.2017 ga muvofiq bajarilishi kerak.
Surtishdan oldin suvoqni yaxshilab aralashtirish kerak, chunki saqlash vaqtida mahsulot qatlamlarga ajralishi mumkin. Suvoqni material vaznining 5% idan ko'p bo'lmagan miqdordagi suv bilan suyultirishga yo'l qo'yiladi.
Suvoqni zanglamaydigan po‘latdan yasalgan tyoarka yordamida sirtga 60° burchak ostida surting, qatlam qalinligi suvoq donasining o‘lchamiga mos kelishi kerak. Surtilgandan keyin 25−35 daqiqa davomida (harorat va namlikka bog‘liq holda, material asbobga yopishmay qolganda), plastik tyorka yordamida kerakli fakturani shakllantiring. Plastik tyorkani sirtga parallel ravishda ushlab, fakturani bosimsiz, yengil harakatlar bilan shakllantirish lozim.
«Toshli» (kameshkovaya) faktura tyorkaning bir tomonga, odatda soat miliga teskari yo‘naltirilgan kichik doirasimon harakatlari bilan shakllantiriladi.
Ishlarni bajarish xususiyatlariIshni to'xtatish zarurati tug'ilganda, suvoq qatlami chegarasi bo'ylab bo'yoq tasmasi (malyarnaya lenta) yopishtiriladi, uni suvoq qotishidan oldin olib tashlash kerak. Bir xil fakturani olish uchun ishlarning har bir darajasida yetarli miqdordagi ishchilarni ta'minlash va qo'shni darajalar orasidagi ulanishlarni «ho'lni ho'lga» usuli bilan bajarish lozim.
Dekorativ suvoqni surtilgandan keyingi dastlabki 2-3 sutka davomida to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari, shamol va yomg'ir ta'siridan himoya qilish kerak. Bunday sharoitlarda qurilish havozalarini maxsus to'r yoki plyonka bilan yopish, binoga suv qaytargichlarni o'rnatish tavsiya etiladi. Muzlab qolishiga va qurib ketishiga yo'l qo'ymang.
Ichki pardozlash ishlarini faqat yaxshi shamollatiladigan xonalarda bajarish kerak, ish tugagandan so‘ng esa qoplama to‘liq quriguncha havo aylanishini ta’minlash lozim.
Keyingi ishlarDekorativ suvoq sirtini bo‘yash uchun akril, silikon yoki silikat bo‘yoqlardan foydalanish tavsiya etiladi. Bo‘yash atrof-muhit sharoitlariga qarab, kamida 3−5 sutkadan keyin amalga oshiriladi.
Kolirovka- NCS, RAL va boshqa rang berish tizimlariga muvofiq, yuqori yorug'lik va atmosfera chidamliligiga ega bo'lgan suv asosidagi rang beruvchi pastalar yordamida rang berish mumkin. Surtish sharoitlariga, shuningdek, bo'yaladigan yuzaning fakturasiga qarab, haqiqiy ranglar katalogda ko'rsatilganidan biroz farq qilishi mumkin.
- 5% dan ortiq rang beruvchi qo'shmaslik tavsiya etiladi, chunki uning me'yordan ortiq bo'lishi qoplamaning mustahkamligi va surtish texnologiyasiga salbiy ta'sir qiladi. Ranglar farqlanib qolmasligi uchun bir yuzada bir xil ishlab chiqarish partiyasidagi mahsulotdan foydalanish (partiya raqami har bir qadoqda ko'rsatiladi) yoki turli partiyadagi materiallarni oldindan 1:1 nisbatda aralashtirish tavsiya etiladi, surtish texnologiyasi esa o'zgarmas qolishi kerak.
- Rang berish (kolerovka) natijasi uchun javobgarlikni rang berishni amalga oshiruvchi tashkilot o‘z zimmasiga oladi. Qo‘llashdan oldin sinov tariqasida surtib ko‘rish va qurigandan so‘ng qoplamaning rangga muvofiqligini tekshirish lozim.
Rang bo'yicha tavsiyalar«Bergauf FACADE GRUNT» gruntini ishlatiladigan suvoq rangiga yaqin rangda qo‘llash tavsiya etiladi.
Fasadlarda aks ettirish koeffitsienti 25% dan kam bo‘lgan intensiv yoki to‘q rangli materiallardan foydalanish fasadning 10% dan ko‘p bo‘lmagan kichik yuzalari, masalan, alohida me'moriy detallar bilan cheklanishi kerak.
Asboblarni tozalashIshdan so‘ng darhol asboblarni suv bilan tozalang. Agar asboblar darhol tozalanmasa, keyinchalik ularni faqat mexanik ravishda tozalash mumkin.
CheklovlarYog‘ingarchilik, tuman vaqtida, shuningdek, yomg‘irdan keyingi nam yuzalarda hamda +5°C dan past va +35°C dan yuqori haroratda ishlash taqiqlanadi.
XavfsizlikDiqqat! Mahsulot yong‘in va portlashdan xavfsiz, tarkibida tez yonuvchan komponentlar mavjud emas.